CRM Sotuv boʻlimlari va qoʻngʻiroq markazlari uchun

Har bir mijozga oʻz vaqtida javob bering

Qoʻngʻiroqlar, kompaniyangiz Telegrami va SMS — bitta oynada. Javobsiz qolgan qoʻngʻiroq vazifaga aylanadi, har bir lid kimda va qaysi bosqichda ekani koʻrinib turadi.

Kompaniya oʻzi roʻyxatdan oʻtadi va jamoasini qoʻshadi — oʻrnatish shart emas

crm.javobly.uz
Sotuv voronkasi24 ta lid
Yangi6
+998 90 412 18 07 Javobsiz qoʻngʻiroq
Qayta qoʻngʻiroq
Dilnoza Telegram
Sayt formasi javobly.uz
Bogʻlanildi8
«Orzu Savdo» MChJAziz · bugun 11:20
12 000 000 soʻm
Sherzod Instagram
Mos keldi5
«Baraka Market»Malika · kecha
34 500 000 soʻm
Nodira KarimovaAziz · 2 kun
Mijoz5
«Kimyo Universiteti»Islombek · kontakt
Mijozga aylandi
Kiruvchi qoʻngʻiroq+998 93 555 44 34 · 1-liniya
«Baraka Market»
Mijoz · oxirgi suhbat: kecha, Malika
Kompaniya Telegrami
Assalomu alaykum, narxlar qanday?
Vaalaykum assalom! Hozir yuboraman
Qayta qoʻngʻiroq qilishJavobsiz qoʻngʻiroqdan avtomatik · 14:30 gacha

Bir oynada — barcha aloqa kanallari

IP-telefoniya Operatorning SIM-kartasi Kompaniya Telegrami SMS Instagram va Facebook Sayt formasi
Nima oʻzgaradi

Mijoz yoʻqolmaydi, ish esdan chiqmaydi

Koʻp kompaniyalarda mijoz bilan aloqa operatorlarning shaxsiy telefoni, Telegrami va daftarida tarqalib yotadi. Javobly hammasini bir joyga yigʻadi.

Hozir

Javobsiz qoʻngʻiroqlar unutiladi

Band paytda kelgan qoʻngʻiroqqa hech kim qayta qoʻngʻiroq qilmaydi — mijoz raqobatchiga ketadi.

Javobsiz qoʻngʻiroq avtomatik vazifaga aylanadi, muddati oʻtsa rahbar koʻradi.
Hozir

Yozishmalar xodimlarning telefonida

Xodim ishdan ketsa, mijozlar bilan yozishmalar ham u bilan ketadi.

Kompaniyaning oʻz Telegram profili va SMS — hamma yozishma CRM’da qoladi.
Hozir

Kim nima qilayotgani koʻrinmaydi

Rahbar natijani oy oxirida biladi, qayerda sotuv yoʻqolayotgani noma’lum.

Voronka, qoʻngʻiroq yozuvlari va KPI — har bir operator boʻyicha, har kuni.
Imkoniyatlar

Sotuvdan tortib mijozga xizmat koʻrsatishgacha

Sotuv voronkasi

Har bir lid — koʻz oldingizda

Qoʻngʻiroq, Telegram yoki sayt formasidan kelgan har bir murojaat lidga aylanadi va bosqichma-bosqich mijozgacha olib boriladi.

  • Notanish raqamdan qoʻngʻiroq yoki xabar kelsa, lid oʻzi ochiladi
  • Instagram, Facebook va sayt formalaridan lidlar avtomatik tushadi
  • Lid mijozga aylanganda butun yozishma va qoʻngʻiroqlar tarixi u bilan birga oʻtadi
  • Yoʻqotilgan lid sababi bilan yoziladi — tahlil qilish mumkin
Yangi48
Bogʻlanildi37
Mos keldi25
Arizaga oʻtkazildi16
Mijoz11
Lid manbalari QoʻngʻiroqTelegramInstagramFacebookSayt formasiQoʻlda
Qoʻngʻiroqlar

Qoʻngʻiroq kelganda mijoz kartasi oʻzi ochiladi

Operator kim qoʻngʻiroq qilayotganini, oxirgi suhbat va ochiq vazifalarni trubkani koʻtarmasdan oldin koʻradi.

  • Kompaniyaning oʻz ATS’i: liniyalar, navbat, ovozli menyu (IVR)
  • Brauzerdan qoʻngʻiroq — alohida telefon apparati shart emas
  • Har bir suhbat yoziladi — rahbar istalgan vaqtda tinglaydi
  • Javobsiz qoʻngʻiroq → qayta qoʻngʻiroq vazifasi, urinishlar soni nazoratda
  • Suhbat skriptlari — yangi operator ham toʻgʻri gapiradi
«Baraka Market»+998 90 123 45 67
Kelishildi3:05
+998 97 220 11 09Notanish raqam → yangi lid
Javobsiz—
Nodira Karimova+998 93 555 44 33
Qayta qoʻngʻiroq0:48
«Orzu Savdo» MChJ+998 91 404 12 12
Hal boʻldi1:42
1:14 / 3:05
Xabarlar

Kompaniyangizning Telegrami — butun jamoa uchun

Mijozlar oddiy Telegram profilingizga yozadi, operatorlar CRM’dan shu profil nomidan javob beradi. Bot emas — mijoz uchun odatiy suhbat.

  • Telegram va SMS — bir mijoz bilan bitta suhbatda
  • Rasm, fayl, video va ovozli xabarlar
  • Oʻqilmagan xabarlar soni menyuda koʻrinib turadi
  • SMS shablonlari rahbar tasdigʻidan keyin ishlatiladi
IS
IslombekShartnoma tayyormi?
1
DK
DilnozaErtaga kelaman
2
BM
«Baraka Market»↗ Toʻlov grafigi
+9
+998 90 111 22 33SMS · yetkazildi
Islombek · +998 90 700 70 70 · «Kimyo Universiteti»
TelegramAssalomu alaykum, narxlar qanday?
Vaalaykum assalom! Taklifni PDF qilib yubordim.Aziz · 10:21
0:14
TelegramShartnoma tayyormi?
SMSTelegramJavob yozing…
Javobly Telefon · Android

ATS yoʻqmi? Operatorning oddiy SIM-kartasi yetadi

Javobly ilovasi xodimning telefonidagi qoʻngʻiroq va SMS’larni CRM’ga yozib boradi. Kichik jamoa qoʻshimcha uskunasiz ishni boshlaydi.

  • CRM’da «Qoʻngʻiroq qilish» bosilsa — telefon oʻzi raqam teradi
  • Qoʻngʻiroq natijasi va suhbat yozuvi mijoz kartasiga tushadi
  • Kompaniya Telegrami telefonda ham — javobni yoʻlda yozish mumkin
  • Ikki SIM’li telefonda faqat ish SIM-kartasi yoziladi — kompaniya sozlamasi bilan
9:41LTE ▮▮▮

Javobly

QoʻngʻiroqlarXabarlar
BM
«Baraka Market»Kiruvchi · 3:05
10:12
+9
+998 97 220 11 09Javobsiz
09:31
IS
IslombekTelegram · Shartnoma…
09:02
CRM’dan buyruqNodira Karimova’ga qoʻngʻiroq…
1
Ilovani oʻrnatingAndroid telefonga Javobly ilovasi
2
Kod bilan ulangCRM bergan bir martalik kodni kiriting
3
IshlayveringQoʻngʻiroq va SMS’lar mijoz kartasida
Nazorat va hisobotlar

Rahbar natijani oy oxirida emas, har kuni koʻradi

Qabul qilingan va javobsiz qoʻngʻiroqlar, oʻrtacha suhbat vaqti, voronka konversiyasi — har bir operator boʻyicha.

  • Vazifalar muddati (SLA) nazoratda: kechiksa rahbarga koʻtariladi
  • Operatorlar holati: liniyada, tanaffusda, tarmoqda emas
  • Lidlar, undiruv va KPI roʻyxatlarini Excel’da ochiladigan faylga yuklab olish
Qabul qilingan184
Oʻrtacha suhbat3:12
Javobsiz6
Yangi mijozlar · hafta+18%
DuSeChPaJuShYa
MTMalika Tursunova88%
AZAziz Rahimov74%
JAJasur Aliev61%
Yana nimalar bor

Kundalik ish uchun hamma narsa

Vazifalar

Qayta qoʻngʻiroq, uchrashuv, joyiga borish — muddati va masʼul xodimi bilan. Bugungi va muddati oʻtganlari alohida.

Murojaatlar

Mijoz shikoyati yoki soʻrovi raqamlanadi, kimga berilgani va qachon hal boʻlgani koʻrinadi.

Suhbat skriptlari

Kiruvchi qoʻngʻiroq, sotuv yoki murojaat uchun tayyor matn — qoʻngʻiroq paytida ekranda.

Undiruv

Muddatli toʻlov bilan ishlaydiganlar uchun: kechikish bosqichlari, mijoz vaʼdalari va eslatma SMS’lari.

Jamoa va rollar

Egasi, administrator, menejer, operator — har kim faqat oʻziga kerakli boʻlimlarni koʻradi.

Toʻrt tilda

Oʻzbekcha (lotin va kirill), ruscha va inglizcha — har bir xodim oʻz tilini tanlaydi.

Qanday boshlanadi

Bir kunda ishga tushirasiz

01

Roʻyxatdan oʻting

Kompaniya nomi, pochta va parol — kabinetingiz tayyor. Serverga dastur oʻrnatish shart emas.

02

Jamoa va kanallarni ulang

Xodimlarni taklif qiling, telefon liniyalari, Telegram profili va Javobly Telefon ilovasini ulang.

03

Mijozlar bilan ishlang

Qoʻngʻiroq va xabarlar CRM’ga tusha boshlaydi, lidlar voronkada, vazifalar ish joyida.

Kimlar uchun

Mijoz bilan telefon va messenjerda ishlaydigan jamoalar

Sotuv boʻlimlari

Distribyutorlar, ulgurji savdo, B2B xizmatlar — lid kelgandan shartnomagacha.

Qoʻngʻiroq markazlari

Liniyalar, navbat, operatorlar holati, suhbat yozuvlari va ularni tinglash.

Moliya va muddatli toʻlov

Undiruv bosqichlari, vaʼdalar nazorati, eslatma SMS’lari.

Xizmat koʻrsatish

Murojaatlar, qayta qoʻngʻiroqlar va mijoz tarixi bir kartada.

Xavfsizlik

Mijozlaringiz maʼlumoti — faqat sizniki

Har bir kompaniya maʼlumoti maʼlumotlar bazasi darajasida ajratilgan: boshqa kompaniya uni koʻra olmaydi.

Ajratilgan maʼlumot

Har bir soʻrov faqat oʻz kompaniyangiz qatorlarini koʻradi.

Rollar va huquqlar

Operator faqat oʻz ishini, rahbar esa butun jamoani koʻradi.

Amallar jurnali

Kim, qachon, nimani oʻzgartirgani oʻchirib boʻlmaydigan jurnalga yoziladi.

Kundalik zaxira

Maʼlumotlar har kuni zaxiraga olinadi va tiklash sinovdan oʻtkaziladi.

Narxlar

Jamoangizga mos tarifni tanlang

Har bir foydalanuvchi uchun oyiga. Kerakli imkoniyatlar bilan boshlab, jamoa oʻsganda keyingi tarifga oʻtasiz.

Start

Kichik sotuv jamoasi uchun

—soʻm
foydalanuvchi / oy
Ariza qoldirish
  • Sotuv voronkasi va mijozlar bazasi
  • Vazifalar va eslatmalar
  • Kompaniya Telegrami va SMS
  • Sayt formasi, Instagram va Facebook lidlari
  • Javobly Telefon ilovasini ulash
Pro

Qoʻngʻiroq markazi va moliya

—soʻm
foydalanuvchi / oy
Ariza qoldirish
  • Biznesdagi hamma narsa, va:
  • Undiruv: kechikish bosqichlari va vaʼdalar
  • Murojaatlar
  • Vazifa muddati (SLA) va rahbarga koʻtarish
  • Roʻyxatlarni Excel’ga yuklab olish
  • Joyiga borish vazifalari
Qoʻshimcha

Javobly Telefon

Operatorning SIM-kartasidagi qoʻngʻiroq va SMS’lar CRM’ga tushadi. Istalgan tarifga qoʻshiladi.

100 000soʻm / oy
3 ta qurilma uchun
Savollar

Koʻp soʻraladigan savollar

Javob topilmasa — yozing yoki qoʻngʻiroq qiling, ish vaqtida javob beramiz.

Bizda ATS yoʻq. Javobly’dan foydalansa boʻladimi?

Ha. Javobly Telefon ilovasi operatorning oddiy SIM-kartasidagi qoʻngʻiroq va SMS’larni CRM’ga yozadi. Keyinchalik kompaniya ATS’iga oʻtish ham mumkin.

Telegram bot orqali ishlaydimi?

Yoʻq, kompaniyangizning oddiy Telegram profili ulanadi. Mijoz odatdagidek yozadi, operatorlar CRM’dan shu profil nomidan javob beradi.

Serverimizga oʻrnatish kerakmi?

Yoʻq. Javobly bulutda ishlaydi: brauzerda crm.javobly.uz ni ochib ishlaysiz, yangilanishlar avtomatik.

Narx qanday hisoblanadi?

Har bir foydalanuvchi uchun oyiga toʻlanadi — tarif jamoangizdagi xodimlar soniga koʻpaytiriladi. Javobly Telefon ilovasi alohida: 3 ta qurilma uchun oyiga 100 000 soʻm.

Instagram va saytdan kelgan arizalar tushadimi?

Ha. Instagram, Facebook va sayt formalaridan arizalar avtomatik lid boʻlib tushadi, takroriy ariza ikki marta ochilmaydi.

Ariza

Namoyish va narx boʻyicha ariza qoldiring

Raqamingizni qoldiring — ish vaqtida qoʻngʻiroq qilib, CRM’ni jamoangizga koʻrsatamiz va narxni hisoblab beramiz.

Tugmani bosib, raqamingiz bogʻlanish uchun ishlatilishiga rozilik bildirasiz.

Birinchi mijozingizni bugun Javobly’da qabul qiling

Roʻyxatdan oʻting yoki ariza qoldiring — jamoangizga CRM’ni koʻrsatib, ulashga yordam beramiz.